Skip to content
Yangiliklar va e'lonlar

YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO

#Mustaqillik_35_yilligi
 YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO — 1
 YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO — 2
 YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO — 3
 YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO — 4
 YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO — 5
1 / 5
🏅Tantanali tadbirda soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar qatorida Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi direktori Begimqulov Erkin Abdug‘afforovich ham “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Yuksak mukofot Agentlik rahbariyati tomonidan tantanali ravishda topshirilib, soha vakillarining yurtimiz obodligi, atrof-muhit musaffoligi va aholi farovonligi yo‘lidagi samarali mehnati alohida e’tirof etildi. ➡️ Mazkur e’tirof — Erkin Abdug‘afforovichning soha rivoji, hududlarda sanitar tozalash xizmatlari sifatini oshirish, tizim faoliyatini takomillashtirish hamda jamoani yagona maqsad sari birlashtirish yo‘lidagi samarali va mas’uliyatli faoliyatiga berilgan munosib bahodir. 👏 Surxondaryo viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi jamoasi nomidan Erkin Abdug‘afforovichni ushbu yuksak e’tirof bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ishlarida yangi zafarlar tilaymiz! Shuningdek, bu mukofot rahbar boshchiligidagi “Toza hudud” jamoasining kundalik mashaqqatli va fidokorona mehnatiga bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor sifatida ham barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi ⚡️ 💬Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇺🇿 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch va obod bo‘lsin! Surxondaryo viloyati "Toza hudud" Davlat muassasasi axborot xizmati.

Bog'lanish

YUKSAK E’TIROF — FIDOKORONA MEHNATGA MUNOSIB BAHO · Tozalive